Iqtisodiyot | 10:06 / 07.05.2015
2171
1 daqiqa o‘qiladi

Ural Airlines Kaliningraddan Toshkentga uchishni to‘xtatdi

Ural Airlines aviakompaniyasi “Kaliningrad – Toshkent – Kaliningrad” yo‘nalishi bo‘ylab parvozlarni amalga oshirishni to‘xtatdi.

Ma'lum bo‘lishicha, ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozlar joriy mavsumda o‘zini oqlamagan. Kompaniya 2014 yil yozida ham ushbu reysni vaqtincha yopib, qishki mavsumda qayta yo‘lga qo‘ygandi.

Ayni vaqtda, Toshkentdan Kaliningradga bevosita “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning chorshanba va yakshanba kungi reyslarida uchish mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish