Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilda BAA Marsga kosmik zond uchiradi
BAA hukumati 2021 yilga kelib Marsga birinchi kosmik zond yuborilishini ma'lum qildi. Rejaga ko‘ra, 40 ming km/soat tezlikka ega zond 60 mln km masofani bosib o‘tadi. U Marsga 200 kun ichida yetib boradi. Uning Marsga qo‘nishi mamlakat tashkil topishining 50 yillik yubileyiga to‘g‘ri kelishi kerak (2021 yil 1 dekabr).
Missiya doirasida zond Yerga 1 terrabayt axborot jo‘natadi; bu axborot Marsdagi atmosfera va iqlimga taalluqli bo‘ladi. Bu axborot jahonning 200 ilmiy muassasasida ishlovchi minglab ekspertlarga tahlil uchun yetkaziladi.
Bugun Al Amal nomli zond ustida 75 nafar tadqiqotchi ishlamoqda. 2020 yilga kelib olimlar soni 150 kishiga yetadi.