Jahon | 10:06 / 08.05.2015
2965
1 daqiqa o‘qiladi

9 may arafasida Moskvada MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi o‘tkaziladi

MDHga a'zo davlatlar rahbarlari juma kuni Moskvada norasmiy uchrashuv o‘tkazishadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov matbuot vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida aytib o‘tdi.
Uchrashuvda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov, Qirg‘iziston rahbari Almazbek Atambayev, Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko, shuningdek, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon qatnashadilar. Bundan tashqari, uchrashuvda MDH ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etadi.
Ilgariroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov uchrashuvda MDHga a'zo davlatlarning barcha rahbarlari ham ishtirok eta olmasligini ma'lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim rahbarlar ish rejasiga boshqacha tadbirlarni kiritgani bois uchrashuvga kela olmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish