Jahon | 05:07 / 08.05.2015
1888
1 daqiqa o‘qiladi

AQShlik harbiylar Suriya muxolifati jangchilarini mashq qildirishni boshladi

AQShlik harbiylar Suriya muxolifati vakillarini IShID jangarilariga qarshi kurashish uchun mashq qildirishni boshladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.  

Manba anonim qolish sharti bilan Iordaniyada mashg‘ulotlar boshlangani haqida xabar berdi. Bundan tashqari, bu dastur Turkiyada ham ishga tushiriladi.   

AQSh isyonchi kuchlarni o‘qitib, ularni qurol-aslaha bilan qurollantirishni rejalashtirmoqda. AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati dastur faqatgina IShID bilan kurashishga qaratilganini ta'kidlamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish