Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:55 / 08.05.2015
1874
1 daqiqa o‘qiladi
Atlantada samolyot qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
AQShning Atlanta shahrida yengil motorli samolyotning qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, deb WSB-TV telekanali tvitterdagi sahifasida xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, samolyot yo‘l ustiga qulagan. Ayni paytda samolyot qulagan hududda o‘t o‘chirish xizmati yo‘lning ikki tomonini to‘sib qo‘ygani sababli uzun tirbandlik yuzaga kelgan.
Samolyot aeroportdan uchib ketganidan biroz vaqt o‘tib qulagan. Samolyotning qulashi sababi aniqlashtirilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish