Sport | 09:57 / 08.05.2015
2727
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliya sobiq futbolchisi: "Messi Maradonadan kuchli – bu rasmiy"

Braziliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Leonardo “Barselona” hujumchisi Lionel Messining “Bavariya”ga qarshi kechgan uchrashuvdagi o‘yinini yuqori baholadi.

“Messi Maradonadan kuchli – bu rasmiy”, - deb yozdi Leonardo o‘z tvitterida.

Shuni ta'kidlash kerakki, bu tvitni braziliyalik futbolchi 5 xil tilda: ingliz, portugal, italyan, fransuz hamda ispan tillarida yozgan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish