Jahon | 20:01 / 08.05.2015
3054
1 daqiqa o‘qiladi

YeOII Qirg‘izistonning ittifoqqa qo‘shilishini ma'qulladi

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) Qirg‘izistonning tashkilotga qo‘shilishini ma'qulladi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "RIA Novosti".

“Shubha uyg‘otgan hamma savollar hal bo‘ldi va biz bugun Qirg‘izistonning bizning ittifoqqa qo‘shilishi bo‘yicha hujjatni qabul qilmoqdamiz va bu bilan sizni tabriklayman”, deb aytdi Nazarboyev.

Nazarboyev, shuningdek, YeOII Vetnam bilan erkin savdo hududi tashkil etish haqida kelishuv imzolashni mo‘ljallayotganini ma'lum qildi.

Nazarboyevning aytishicha, Turkiya, Hindiston, Ozarbayjon va Mo‘g‘iliston davlatlari ham YeOII bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha kelishuvga o‘z qiziqishlarini bildirib o‘tdi.

Qozog‘iston prezidenti ittifoq a'zolaridan bu taklifni ko‘rib chiqishni so‘radi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish