Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 08:16 / 08.05.2015
2088
1 daqiqa o‘qiladi
Karlo Anchelotti La Liganing aprel oyidagi eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi
Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liganing aprel oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Anchelotti boshchiligida jamoa, aprel oyidagi 6 ta o‘yinni g‘alaba bilan tugatdi. O‘tgan oyda uning shogirdlari 24ta gol urib, 4ta gol o‘tkazib yuborishgan.
Aprelda «Real» «Granada»ni 9:1, «Rayo Valekano»ni 2:0, «Eybar»ni 3:0, «Malaga»ni 3:1, «Selta»ni 4:2, «Almeriya»ni esa 3:0 hisoblarida mag‘lub etgan.