Sport | 15:29 / 08.05.2015
2528
2 daqiqa o‘qiladi

Meyvezer Pakyaoni qo‘rqoq va omadsiz deya ta'rifladi

AQShlik Floyd Meyvezer filippinlik bokschi Menni Pakyao bilan revansh jangi o‘tkazish rejalashtirilmayotganini bildirib o‘tdi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatdi.

«Pakyaoning imkoniyatlarini jarohat cheklab qo‘ygan degan fikrga umuman qo‘shilmayman. Bahona, bahona, bahona. U juda tez edi. Uning chap qo‘liyam, o‘ng qo‘liyam juda tez edi. Zarbalari ham kuchli va tez edi. Men buni sotib olganim yo‘q».

«U yutqazdi va buni yaxshi tushunib turibdi. Bu kabi voqealardan keyin unga bo‘lgan hurmatim yo‘qoldi. Ha, men u bilan revansh o‘tkazishga tayyor edim. Lekin endi bu fikrimdan qaytdim. Chunki u omadsiz kasal va qo‘rqoq ekanini ko‘rsatdi. Agar sen yutqazgan bo‘lsang tan olishing va “Meyvezer, sen eng kuchli bokschisan” deya olishing kerak», deya ta'kidlab o‘tdi sportchi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur to‘qnashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Pakyao jang o‘tkazishiga qo‘lidan olgan jarohati xalaqit berganini ta'kidlab o‘tgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish