Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pushkov: Moskvadagi G‘alaba paradini boykot qilish o‘xshamadi
Rossiya Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligini nishonlashda xorijiy mamlakatlar tomonidan boykotga uchrashi haqidagi taxminlar ozini oqlamadi. Bu haqda Rossiya parlamentining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi Aleksey Pushkov xabar berdi.
Polshaning Gdansk shahrida G‘arb mamlakatlari yetakchilari ittifoqchi kuchlarning Ikkinchi jahon urushida natsistlar Germaniyasi ustidan qozongan g‘alabasini tantana qilishadi, unda ishtirok etadigan Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko G‘arb mamlakatlari yetakchilari 9 may kuni Moskvada bo‘ladigan Paradga bormaganliklari uchun ularga minnatdorchilik bildirgandi.
Pushkov shu holatga e'tibor berib, bu narsa Kiyevga yordam berolmasligini ta'kidladi. “Bu Kiyevga yordam berolmaydi. Ko‘plab yetakchilar kelishyapti. Boykot o‘xshamadi”, - deb yozdi Pushkov o‘z tvitterida.
6 may kunidagi ma'lumotlarga ko‘ra, Moskvadagi Paradga 27 mamlakatning davlat va hukumat rahbarlarit tashrif buyuradi, tantanalarda xorijiy mamlakatlarning 40ga yaqin vakili bo‘ladi. AQSh nomidan elchi Jon Tefft, Fransiya va Italiyadan esa tashqi ishlar vazirlari ishtirok etadi.
Moskvadagi tantanalarda AQSh, Fransiya, Polsha, Finlandiya, Janubiy Koreya, Chernogoriya, Isroil, Bolgariya, Moldova, Litva, Latviya, Estoniya, shuningdek, Belarus davlat rahbarlari ishtirok etishdan bosh tortdi. Ulardan ba'zilari o‘zlarining bu qarorini Ukrainadagi vaziyat bilan izohladi.
Germaniya kansleri Angela Merkel 9 may kungi Paradda bo‘lmasligini, biroq 10 may kuni Moskvaga tashrif buyurib, Vladimir Putin bilan birga Noma'lum askar qabriga gulchambar qo‘yishini ma'lum qilgan.