Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:32 / 08.05.2015
3937
1 daqiqa o‘qiladi
Putin va Si Tszinpin atom sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin xitoylik hamkasbi Si Tszinpin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv doirasida bir qator muhim siyosiy va iqtisodiy masalalar borasida muzokaralar olib borildi.
Jumladan, atom sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Vladimir Putinning bayonotida aytilishicha, Xitoy va boshqa davlatlar hududida atom stansiyalarining qurilishi, ushbu loyihalarning amalga oshirilishida “Rosatom”ning ishtirok etishi borasida muayyan kelishuvlarga erishilgan.