Iqtisodiyot | 10:14 / 08.05.2015
2511
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoning eng yaxshi tadbirkori, fermeri va hunarmandi nomi ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus –2015”ko‘rik-tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

An'anaviy tanlovda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligida tashabbus ko‘rsatayotgan, mamlakat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan 42 tadbirkor, fermer va hunarmand ishtirok etdi.

Ishtirokchilar orasida tajribali ishbilarmonlar bilan birga, intiluvchan va tashabbuskor yoshlar ham ko‘pchilikni tashkil etgani e'tiborlidir.

Chiroqchi tumanidan yakka tartibdagi tadbirkor Aziza Sharipova ulardan biridir. 2014 yili Shahrisabz pedagogika kollejini tamomlagan Aziza tanlovda o‘zi yaratgan milliy gilamchilik mahsulotlari bilan qatnashdi va “Yilning eng yaxshi hunarmandi” yo‘nalishi g‘olibi bo‘ldi.

Kitob tumanidagi “Voha mash’ali” mas'uliyati cheklangan jamiyati raisi Sanjar G‘aniyev “Yilning eng yaxshi tadbirkori”, Nishon tumanidagi “Saydaliyev Muhriddin” fermer xo‘jaligi raisi Muhriddin Saydaliyev “Yilning eng yaxshi fermeri” deb e'tirof etildi.

“Eng yaxshi yosh tadbirkor”, “Eng yaxshi tadbirkor ayol”, “Eng yaxshi innovatsion loyiha muallifi”, “Yoshlarga eng ko‘p ish joyi yaratgan tadbirkor”, “Mening yurtim – mening iftixorim”, “Eng yaxshi eksportchi”, “Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi”, “Eng yaxshi mas'uliyatli ijtimoiy sherik” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish