Jahon | 15:57 / 08.05.2015
3262
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Mudofaa vazirligining sobiq xodimi 5 yilga qamaldi

Rossiya Mudofaa vazirligi mol-mulk munosabatlari departamentining sobiq rahbari Yevgeniya Vasileva sud tomonidan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga mahkum qilindi. Jazo umumiy rejim koloniyasida o‘tkazilishi belgilandi. Shuningdek, u 2013 yil may oyidan bugungi kunga qadar uy qamog‘ida saqlangani belgilandi.
Sobiq amaldor xonim 12 jinoiy epizodda gumon qilinayotgan edi; ulardan 8tasida aybdorligi isbotlandi. Hukmda ta'kidlanishicha, 2010 yil fevralda mansabni egallagan Vasileva davlat mulkini talon-toroj qilishga kirishgan. Buning uchun u sobiq mudofaa vaziri Anatoliy Serdyukov bilan va devon rahbariyati bilan jinoiy til biriktirgan.
Bundan tashqari, sud Vasileva pullarni “yuvish” ishlarini ham amalga oshirganlikda aybdor deb topdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish