Jamiyat | 16:27 / 08.05.2015
1563
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda “Farzandlik burcham” shiori ostida tadbir o‘tkazildi

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand shahar Kengashi tomonidan “Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta'minlash hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Samarqand shahridagi “Saxovat uyi”da “Farzandlik burchim” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir doirasida “Kamolotda osh” tanlovi, “Nabirangizdan sovg‘a” loyihasi, shuningdek konsert dasturlari tashkil etildi.

“Osh tanlovi”da viloyatdagi 8 ta oliy ta'lim muassasalarining “Kamolot” YoIH yetakchilari osh pishirdilar.

“Nabirangizdan sovg‘a” loyihasida esa Samarqand davlat universiteti hamda Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti talabalari “Saxovat uyi”dagi otaxonu onaxonlarning rasmlarini chizib o‘zlariga sovg‘a qildilar.

Osh tanlovini malakali oshpazlar baholab bordilar. Tanlov natijasiga ko‘ra Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti boshlang‘ich tashkiloti birinchi o‘ringa munosib deb topildi.

Tadbirning konsert dasturida samarqandlik yosh ijodkorlar o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan barchaga shodlik ulashdilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish