Jahon | 08:19 / 08.05.2015
2122
1 daqiqa o‘qiladi

Shotlandiyalik 20 yoshli talaba Buyuk Britaniyadagi eng yosh deputat bo‘ldi

Shotlandiya milliy partiyasidan nomzodligi ko‘rsatilgan talaba qiz Britaniya parlamentiga saylandi. The Independent gazetasida yozilishicha, u 1667 yildan buyon parlamentdan joy olgan eng yosh deputat bo‘ladi.

20 yoshli talaba qiz Mxayri Blek o‘z okrugida leyboristlar partiyasidan ilgari surilgan nomzod ustidan g‘alaba qozona olgan.

Ekzit-pollar natijalariga ko‘ra, milliy partiya Shotlandiyaga ajratilgan 59 mandatdan 58tasini egallaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish