Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning Rossiyadagi investitsiyalari ulushi 40 foizgacha o‘sishi mumkin
Xitoyning Rossiyadagi investitsiyalari ulushi 40 foizgacha o‘sishi mumkin. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev ma'lum qilmoqda.
Dmitriyevning baholashicha, yaqin orada Xitoyning Rossiyaga kiritadigan investitsiyalari 20 foizga, o‘rta muddatli istiqbolda esa 40 foizgacha yetadi.
“Biz Xitoy investitsiyalari yaqin orada 20 foizga yetishi va o‘sishda davom etishiga umid bildirmoqdamiz. Shubhasiz, qisqa va o‘rta muddatli istiqbolda Xitoy investitsiyalari 35-40 foizgacha o‘sishi mumkin”, deb aytdi Dmitriyev.
Avvalroq Xitoy Moskva-Qozon yuqori tezlikdagi magistraliga 350 mlrd rubl investitsiya kiritishi ma'lum qilingandi.