Jahon | 07:11 / 09.05.2015
2903
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh harbiy bazalarida xavfsizlik chora-tadbirlari kuchaytiriladi

AQSh hududidagi harbiy bazalarda xavfsizlikning eng yuqori darajasi o‘rnatildi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi, polkovnik Stiv Uorren bayonot berdi.
Reuters agentligining ma'lum qilishicha, oxirgi to‘rt yil ichida harbiy bazalar bunday tartibga birinchi marta o‘tkazilishi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qarorning qabul qilinishiga biror-biro konkret xavf emas, balki umumiy vaziyat sabab bo‘lgan. Xususan, u Texasdagi karikaturalar ko‘rgazmasiga uyushtirilgan hujumni eslatib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish