Jahon | 13:19 / 09.05.2015
1668
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada teraktning oldi olindi

Avstraliya politsiyasi qo‘poruvchilik harakati uyushtirishga harakat qilgan 17 yoshli o‘smirni qo‘lga oldi. Mamlakat bosh vaziri Toni Ebbotning ma'lumot berishicha, qo‘poruvchilikka tayyorgarlik yakuniy bosqichda bo‘lgan.
Melburnda istiqomat qiluvchi o‘smirning uyi taftish qilinganda portlovchi uskuna deb taxmin qilinayotgan uch buyum topilgan.
Taxminlarga ko‘ra, terakt 10 may kuni nishonlanadigan Ona kunida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish