Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:43 / 09.05.2015
3785
1 daqiqa o‘qiladi
Chili qirg‘oqlarida 40tacha o‘lik kit topildi
8 may kuni Chili qirg‘oqlarida 37ta o‘lik kit topildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi ma'lumot bermoqda.
Aytilishicha, ular o‘zlarini qirg‘oqqa tashlagan va shu yerda halok bo‘lgan. Ularni qirg‘oqda tadqiqot olib borayotgan xorijlik olimlar topib olgan.
Qayd qilinishicha, Chilida ilgari ham kitlarning yoppasiga qirilishi kuzatilgan.
Voqea sabablari aniqlanmagan.