Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 14:37 / 09.05.2015
1447
1 daqiqa o‘qiladi
Dunga Braziliya olimpiya termasiga rahbarlik qiladi
Braziliya olimpiya terma jamoasining yangi murabbiyi etib Karlos Dunga tayinlandi.
Braziliya Futbol federatsiyasi termaning sobiq murabbiyi Aleshandre Gallo bilan kelishuv 27 oylik ish faoliyatidan so‘ng bekor qilinganini aytdi. Gallo, bundan tashqari, 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasiga ham rahbarlik qilardi.
Dunga ayni paytda futbol bo‘yicha asosiy terma jamoaning ham murabbiyidir. Endi u olimpiya termasini 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorlaydi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish