Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kapello Rossiyadan 9 mln rubl jarima puli olgani ma'lum bo‘ldi
Express nashrining nomi ko‘rsatilmagan manbalarga tayangan holda ma'lum qilishicha, futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasining bosh murabbiyi Fabio Kapello maosh to‘lashning kechiktirilishi uchun Rossiya tarafdan 9 mln rubl miqdorida jarima puli olgan. Bu Futbol ittifoqiga mehnat inspetsiyasi tomonidan joriy qilgan sanksiyalardan biri edi.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi kunlarda Rossiya futbolida Kapelloning maoshi borasida janjal kelib chiqdi. 7 may kuni uning o‘g‘li va agenti Perfilippo yevro va rubl kursidagi farqni ro‘kach qilib, Rossiyani kam maosh to‘lashda aybladi. Shundan so‘ng Rossiya Futbol ittifoqi prezidenti Nikolay Tolstix va Fabio Kapello matbuot orqali o‘zaro bahsga kirishishdi. Olib borilgan mehnat inspeksiyasi natijasida Rossiya ko‘rsatilgan miqdorda jarima to‘laydigan bo‘ldi.