Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:37 / 09.05.2015
4243
1 daqiqa o‘qiladi
Kiyev markazida chiroq o‘chib qoldi
Ukraina poytaxtining Pechera tumanida chiroq o‘chib qoldi. Bu haqda Kiyevenergo davlat tashkiloti Ukrinform axborot agentligiga ma'lum qildi.
“Chiroqning o‘chishi avariya bilan bog‘liq. Ishlar ketmoqda, mahalliy vaqt bilan 15:00da hammasi izga tushishi kerak”, - ma'lum qilgan kompaniya vakili.
Kiyevenergoga chiroq o‘chishi haqidagi arizalar 11:20da kelib tusha boshlagan.
Ayni paytda avariya uchastkasida tuzatish ishlari amalga oshirilmoqda.