Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviyadagi vaziyat tufayli neft narxi oshishda davom etmoqda
Liviyadagi portning yopilishi haqidagi yangilikdan so‘ng jahonda neft narxi o‘sishi kuzatilmoqda. Bu birjalardagi moliyaviy amaliyotlar natijalaridan ma'lum bo‘ldi.
Bugungi holatga ko‘ra Brent rusumli neft narxi 1.08 foizga oshib, 68.25 dollar/barrelni tashkil qildi. WTI nefti narxi 1.66 foizga oshib, 61.4 dollarga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni Liviyadagi Zaytina terminali yopilgan edi. Boshqa ko‘plab portlar harbiy harakatlar tufayli allaqachon yopilgan bo‘lsa, Zaytina shu paytgacha ishlab turgan edi. Uning ham yopilishi neft narxiga ta'sir ko‘rsatdi.