Jahon | 11:29 / 09.05.2015
10108
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada parad yakunlandi

Moskva shahrida Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan parad yakuniga yetdi. Tadbir ko‘plab telekanallar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi, shuningdek, matbuotda yoritib borildi.
Paradda jami 16.5 ming harbiy xizmatchi ishtirok etdi. Shuningdek, paradni kuzatish uchun Moskvaga 30 ga yaqin davlat yetakchilari, xorijiy davlatlar vakillari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, jumladan, BMT bosh kotibi Pan Gi Mun tashrif buyurdi.
Parad so‘ngida Rossiya prezidenti va Oliy Bosh qo‘mondoni Vladimir Putin paradda shon-shuhrat marshida ishtirok etgan harbiy qismlar komandirlari oldiga chiqib, ular bilan so‘rashdi va bayram bilan qutladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish