Jahon | 10:51 / 09.05.2015
3519
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi paradda boshqa davlatlarning harbiy xizmatchilari ishtirok etmoqda

Moskva shahrida Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan parad davom etmoqda. Tadbir Rossiyaning barcha asosiy telekanallari, shuningdek, internet nashlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda va yozma ravishda yoritib borilmoqda.
Paradda, Rossiya Qurolli Kuchlari vakillaridan tashqari, boshqa davlatlarning harbiy xizmatchilari ham ishtirok etmoqda. Bu haqda Putin o‘z tabrik so‘zida ma'lum qilgandi.
Ayni vaqtgacha Belarus, Armaniston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Serbiya, Xitoy, Hindiston va Tojikistondan tashrif buyurgan harbiy qismlar parad qatorida Qizil maydondan o‘tdilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish