Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mourino: Jyerrard menga kuch bag‘ishladi
“Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourino “Liverpul” bilan Angliya Premer Ligasining 36-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv arafasida bergan intervyusida raqib jamoa kapitani Stiven Jyerrard haqida fikr bildirib o‘tdi.
“Mening hurmatli raqibim mening murabbiy sifatida o‘sishimga katta hissa qo‘shdi, chunki uni to‘xtatish juda qiyin. Unga qarshi oxirgi marta o‘ynayotganimdan xafaman”, - dedi u.
Shuningdek, portugaliyalik mutaxassis Jyerrardni sotib olishga uch marta harakat qilganini eslatib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum yakunlangach, Stiven Jyerrard “Liverpul” saflarini tark etadi.