Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin paradga tashrif buyurgan chet el delegatsiyalarini qabul qilmoqda
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvaga Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan paradda ishtirok etish uchun tashrif buyurgan chet el delegatsiyalari rahbarlarini qabul qilmoqda.
Tadbir “Rossiya RTR” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinmoqda. Ayni paytda Putin Qozog‘iston, Turkmaniston, Zimbabve, Ozarbayjon, Misr, Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston va boshqa davlatlar prezidentlarini kutib oldi. Bundan tashqari, Xitoy, Shimoliy Koreya, Chexiya, Slovakiya, Serbiya, Bolgariya, JAR, Falastin va boshqa bir qator davlatlar vakillari paradga yetib keldi.
Bundan tashqari, BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Vladimir Putin tomonidan kutib olindi.
RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, Moskvadagi tantanalarda 30 ga yaqin davlat yetakchilari, xorijiy davlatlar vakillari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi.
Xorijiy mehmonlar qabulidan so‘ng Putin harbiy paradni qabul qilishga yo‘l oladi.