Sport | 13:46 / 09.05.2015
6781
5 daqiqa o‘qiladi

Roman Abramovichning "Chelsi" bilan yutgan 13 sovrini

3 may kuni Londonning “Chelsi” jamoasi o‘z uyida “Kristal Pelas”ni qabul qildi va 1:0 hisobidagi g‘alabaga erishib, joriy mavsumda muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi.

Quyida “Chelsi”da Abramovich davri boshlangach, erishilgan sovrinlar sanab o‘tiladi.

1. 2003 yilning yozida rossiyalik milliarder Roman Abramovich "Chelsi" jamoasining yangi xo‘jayiniga aylandi. U yarim yildan keyin portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinoni Londonga olib keldi. Keyingi mavsumda bu murabbiy "aristokratlar"ni Roman Abramovich davridagi ilk sovrin sari yetaklab boradi. Kardiff shahrida o‘tkazilgan Angliya Ligasi kubogi finalida "Liverpul" 3:2 hisobida mag‘lub etiladi. O‘sha o‘yinning hal qiluvchi goli raqiblar sardori Stiven Jyerrard tomonidan avtogol sifatida urilgan edi.

2. O‘sha mavsumning o‘zida ikkinchi sovringa ham ega chiqildi. "Chelsi" 50 yillik tanaffusdan keyin o‘z tarixida ikkinchi marta APL chempionligini qo‘lga kiritdi. O‘sha mavsumda jamoa faqat bir o‘yinda mag‘lub bo‘lgan, o‘z darvozasidan atigi 15ta gol o‘tkazib yuborgan edi. 

3. Jamoa 2005-2006 yillar mavsumida kubokdan quruq qoldi, lekin yana bir bor chempionlikni nishonladi. O‘sha mavsumda jamoa o‘zining eng yaqin ta'qibchisi "Manchester Yunayted"dan 8 ochkolik farq bilan o‘zib ketgandi.

4. 2006-2007 yillar mavsumida esa aksincha, chempionlik boy berilib, kubok bilan kifoyalanilgan edi. Liga kubogi uchun final bahsi Kardiffda o‘tkazilib, bu o‘yinda Drogba urgan ikki gol "Chelsi"ga g‘alaba keltirgandi.

5. 2007 yilda esa "Uembli" o‘yingohida Angliya Kubogi uchun o‘tkazilgan final o‘yinida Drogba mualliflik qilgan yagona gol evaziga "Manchester Yunayted" mag‘lub etilib, sovringa ega chiqilgandi. Ammo muxlislar o‘sha kuni Drogbadan ko‘ra ko‘proq, Abramovichni olqishlagan. 

6. 2009 yilda, Mourino allaqachon ketgan, uning o‘rnida bir necha murabbiy almashuvidan keyin vaqtinchalik jamoaga taklif etilgan Gus Xiddink Angliya Kubogini olib beradi. O‘sha kubok uchun finalda Devid Moyyes murabbiyligidagi "Everton" mag‘lub etilgan.

7. 2010 yilda "Chelsi" yana bir bor Angliya kubogini qo‘lga kiritdi. Avraam Grant boshqaruvidagi "Portsmut" jamoasi darvozasi bu safar ham Drogba tomonidan ishg‘ol etildi.

8. Karlo Anchelotti murabbiyligidagi "Chelsi" o‘sha yilgi mavsumda APL chempionligini ham tantana qilgan. Mavsumning oxirgi turiga qadar "MYu" bilan raqobatlashgan londonliklar oxirida ustunlikka erishishgan.

9. 2011 yilda bironta sovrinsiz qolgan londonliklar 2012 yilda yana katta g‘alabalarga erisha boshlashdi. Omadsiz Villash-Boash jamoani tark etgan, Di Matteo futbolchilarni sovrinlar sari boshlagan edi. 2012 yilning may oyida jamoa o‘z muzeyiga navbatdagi Angliya Kubogini olib keldi. Bu safar finalda "Liverpul" 2:1 hisobida mag‘lub qilindi. Gollardan biri yana Drobga tomonidan urildi.

10. Di Matteo boshchiligidagi "Chelsi" ko‘p o‘tmay Myunxen shahrida YeChL finaliga mezbonlik qilgan "Bavariya"ni yengdi va o‘z tarixidagi ilk YeChL kubogini qo‘lga kiritdi. O‘yinning asosiy vaqti "Bavariya" g‘alabasi bilan yakunlanishi arafasida yana Drogba katta sahnaga chiqdi va boshi bilan gol urib, o‘yinni qo‘shimcha vaqtga o‘tkazdi. Qo‘shimcha vaqtda hisob o‘zgarmagach, penaltilar seriyasi boshlanib, unda g‘alaba to‘pi Drogba tomonidan urildi.

11. 2012-2013 yillar mavsumida esa "Chelsi" Yevropa Ligasida zafar quchdi. Bu sovrin orqali Rafa Benites o‘z nomini jamoa tarixiga kiritdi.

12. 2014 yilda Joze Mourino jamoaga qaytdi. Natijada, mavsumning ikkinchi qismida, aprel oyida "Tottenhem" bilan o‘tkazilgan Liga Kubogi uchun finalda g‘alabaga erishildi.

13. Mourino birinchi mavsumning o‘zida ikkinchi sovrinni ham olib berdi. "Chelsi" joriy mavsumda muddatidan oldin chempionlikni tantana qildi.