Jahon | 12:44 / 09.05.2015
3201
1 daqiqa o‘qiladi

Volgogradda 1945 yil 9 may qayta jonlantirildi

Rossiyaning Volgograd shahrida Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan paradni ko‘rish uchun 50 ming tomoshabin tashrif buyurdi. Marosim Haloq bo‘lgan jangchilar maydonida o‘tkazildi.
Shon-sharaf mardida dengiz, havo va quruqlikdagi kuchlarga tegishli harbiy qismlar ishtirok etdi. Mexanizatsiyalashgan kolonnani esa Stalingrad uchun janglarda qo‘llangan T-34 tanki hamda 1941 yilda namunasida terilgan T-60 tanki boshlab berdi.
Bundan tashqari, shahar hududida 1945 yil 9 may voqealar qayta jonlantirilgan. O‘sha davr harbiy kiyimlarini kiygan jangchilar eski harbiy qo‘shiqlarni kuylamoqda, shahar bo‘ylab “G‘alaba tramvayi” kezib yuribdi.
TASS agentligining ma'lum qilishicha, Mamay qo‘rg‘onidagi Mangu olovga gulchambar qo‘yishga o‘n minglab odamlar kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish