Jahon | 09:23 / 09.05.2015
1433
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya bosh vaziri iyunda Ukrainaga tashrif buyuradi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 2015 yil iyunida Ukrainaga tashrif buyuradi. Tashrif doirasida u Ukraina rahbari Pyotr Poroshenko bilan uchrashuv o‘tkazadi.
TASS agentligining ma'lum qilishicha, Abening asosiy safari Germaniyaga uyushtiradi. U yerda iyun oyida G7 guruhining sammiti o‘tkaziladi. Yo‘l-yo‘lakay bosh vazir Ukrainada mehmon bo‘ladi.
Tashrif chog‘ida Abe Yaponiyaning Ukrainaga iqtisodiy va gumanitar yordam berishga tayyorligini tasdiqlashi aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish