Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2015 yilda O‘zbekistonda 630 ming bola 1-sinfga qabul qilinadi
Joriy yilning 2 sentabr kuni respublika bo‘yicha 630 mingdan ortiq bola 1-sinfga boradi. Bu haqda Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov “Darakchi” gazetasiga ma'lumot berdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, 2015 yildan e'tiboran har bir sinfga 36 nafardan ko‘p bola qabul qilinmasligi uchun zarur choralar ko‘riladi.
Bundan tashqari, bugungi kunda respublikadagi 9 698 maktabdan 9566tasida boshlang‘ich ta'lim berilishi, ulardagi 1-4-sinflar soni 83 181tani tashkil qilishi hamda bu sinflarda 2.2 mln atrofida o‘quvchi ta'lim olishi haqida ma'lumot berildi.