Jahon | 08:07 / 10.05.2015
1455
1 daqiqa o‘qiladi

Yevrokomissar Makedoniyadagi vaziyatdan tashvishda ekanligini aytdi

Do‘stona qo‘shnichilik siyosatini kengaytirish masalalari bo‘yicha Yevropa komissari Yoxannes Xan Makedoniyadagi vaziyatdan xavotirda ekanligini ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Makedoniyada politsiyachilar va mamlakat hududiga yashirincha kirgan terrorchi guruh o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Ularda 5 nafar politsiyachi halok bo‘ldi, 30 nafari yaralandi. Bir qancha jangarilar o‘ldirildi, 20 nafari taslim bo‘ldi.
“Men Kumanovo viloyatidagi vaziyatdan, odamlarga zarar yetkazilishi mumkinligidan chuqur tashvishdaman”, - ma'lum qildi Xan Yevrokomissiyaning rasmiy saytida e'lon qilingan bayonotida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish