Jahon | 08:00 / 10.05.2015
2027
1 daqiqa o‘qiladi

Makedoniyada jangari guruh va politsiyachilar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi

Makedoniyaning Kumanovo shahri chetida jangari guruh bilan politsiya xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi.
Reuters agentligining ma'lum qilishicha, otishma 10 mayga o‘tar kechasi boshlangan. Terrorchi guruh Makedoniyaga hukumat organlariga qarshi qo‘poruvchilik harakatlari amalga oshirish uchun kirib kelgan.
Jangarilar 16 soat davomida huquq-tartibot organlari qismlarini qo‘l granatomyotlari, pulyometlar va snayper vintovkalaridan o‘qqa tutgan. To‘qnashuvlarda 5 nafar politsiyachi va bir qancha jangari halok bo‘lgan, 30ga yaqin politsiyachi yaralangan.
Keyinchalik mamlakat Ichki ishlar vazirligi saytida 20 nafar jangari taslim bo‘lgani haqida ma'lumot berildi. Ichki ishlar vaziri Gordana Yankulovska halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish