Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 12:44 / 10.05.2015
1649
1 daqiqa o‘qiladi
Pele shifoxonadan chiqdi
Mashhur futbolchi Pele shifoxonadan chiqdi. The Hindu gazetasida yozilishicha, u prostata bezi giperplaziyasi tufayli jarrohlik stoliga yotqizilgan edi.
Amaliyot 7 may kuni San-Pauludagi Albert Eynshteyn nomidagi klinikada o‘tkazildi. Odatda giperplaziya o‘simtani keltirib chiqaradi, lekin shifokorlar Peleda o‘simtaning yo‘qligini qayd qildilar.
Sobiq futbolchi bu klinikada birinchi marta davolanishi emas. 2012 yilda yoning sonida jarrohlik amaliyot o‘tkazilgan edi. 2014 yilda esa uning buyragidan tosh olib tashlangan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish