Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda mintaqadagi eng yirik neft-gaz tadbiri o‘tkaziladi
2015 yilning 12-14 may kunlari Toshkentda “O‘zbekiston nefti va gazi - OGU 2015” 19-Xalqaro ko‘rgazmasi va konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. U O‘zbekistonga neft-gaz sohasi kirib kelishining 130 yilligiga bag‘ishlanadi.

Konferentsiyada jahonning yetakchi neft kompaniyalaridan tashrif buyurgan 400dan ortiq mutaxassis ishtirok etadi. Ko‘rgazmada dunyoning 20 mamlakatida joylashgan 200 kompaniya va brendlarning mahsulotlari namoyish etiladi. Ishtirokchi davlatlar ro‘yxatida Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Niderlandiya, Polsha, Rossiya, Sloveniya, Turkiya, Ukraina, Fransiya, Chexiya, JAR va Janubiy Koreya.

