Jahon | 06:23 / 11.05.2015
2460
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh o‘zining Gretsiyadagi elchisini sustkashligi uchun ortga qaytardi

AQSh o‘zining Gretsiyadagi elchisini "kutilgan ishlarni amalga oshira olmagani" uchun chaqirib oldi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

AQSh Davlat departamenti Gretsiyadagi elchi Devid Pirsni sustkashligi va Vashingtonga Gretsiyadagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat haqida yetarlicha ma'lumot jo‘natmagani uchun keskin tanqid qilgan.

Xususan, AQSh hukumati vakillari elchi Gretsiyadagi "17 noyabr" nomli terroristik tashkilot rahbarlaridan biri Savvas Ksiros uy qamog‘ida saqlanayotgani haqida ma'lum qilmaganidan darg‘azab bo‘lishgan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish