Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 07:38 / 11.05.2015
3521
1 daqiqa o‘qiladi
"Ayaks" jamoasi futbolchilari maydonga onalari bilan chiqib kelishdi
Gollandiya chempionatining 33-turida "Kambyur" jamoasini qabul qilgan Amsterdamning "Ayaks" jamoasi futbolchilari maydonga o‘z onalarini yetaklab chiqishdi.
Xabar qilinishicha, futbolchilar "Onalar kuni" munosabati bilan shunday ishni amalga oshirishgan.
Qayd etish joizki, "Ayaks" futbolchilari bu o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z onalariga yana bir sovg‘a taqdim qilishdi.