Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyadagi o‘yin vaqtida yana bir futbolchining yuragi xuruj qildi
Futbol bo‘yicha Belgiya chempionatining ikkinchi divizioni vakili hisoblanmish "Berxost-Vilriyk" jamoasining 23 yoshli futbolchisi Tim Niko o‘yin vaqtida yuragi xuruj qilgani sababli maydonga quladi va sun'iy koma holatiga tushdi. Bu haqda Voetbalkrant xabar bermoqda.
Futbolchiga maydonda birinchi yordam ko‘rsatilgach, u shifoxonaga olib ketilgan. Unga shifokorlar yurak xuruji tashxisini qo‘yishgan.
Ayni vaqtda Tim Nikoning ahvoli yaxshilangani aytilmoqda. Lekin u yana bir qancha muddat shifoxokorlar nazoratida bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyi oxirida Belgiyaning "Lokeren" jamoasida o‘ynagan 24 yoshli himoyachi Gregori Mertens bilan ham "Genk" jamoasiga qarshi o‘yin paytida shunga o‘xshash holat ro‘y bergan, lekin futbolchi 3 kun o‘tgach, shifoxonada vafot etgandi.