Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:25 / 11.05.2015
5859
1 daqiqa o‘qiladi
Berlinning tumanlaridan birida nasha plantatsiyasi aniqlandi
Berlin politsiyasi shaharning Kroytsberg tumanida ko‘cha supuruvchilardan biri “shubhali tuyulgan katta miqdorda kichik o‘simliklar” topganini ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar aniqlangan o‘simliklar nasha ekanligini tasdiqlashgan. Ularning aytishicha, 700 ga yaqin kichik nasha ko‘chatlari topilgan.
Ayni paytda ushbu holat yuzasidan tergov o‘tkazilmoqda.