Jahon | 06:02 / 11.05.2015
3013
1 daqiqa o‘qiladi

Eron havo flotini yangilashni boshladi

Eron aviakompaniyalari mamlakatga aviatsion texnika va ehtiyot qismlar olib kirishga g‘arb davlatlari tomonidan sanksiyalar kiritilgan 1995 yildan beri birinchi marta 15ta samolyot oldi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi. Sanktsiyalar 2014 yilning boshida qisman bekor qilingan.    

Shuningdek, Eron transport vaziri “uchish uchun juda eski” bo‘lgan ikkita samolyot olingani va ular ehtiyot qismlar uchun foydalanishini ma'lum qilgan.

Olingan samolyotlar 2003 yilda qurilgan (ulardan yarmidan ko‘pi Airbus A320 samolyoti tashkil qiladi), shuning uchun 140ta samolyotdan iborat Eron aviaparkining o‘rtacha yoshi 20 yildan 19 yilga pasaydi. 

Qayd etilishicha, yaqin 10 yil ichida havo parkini yangilash uchun Eronga 400-500 samolyot kerak bo‘ladi.

Avvalroq Rossiya Eronga Tu-204SM o‘rtamagistral yo‘lovchi samolyotlarini yetkazib berish masalasiga qaytishi mumkinligi ma'lum qilingandi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish