Jahon | 10:56 / 11.05.2015
1625
1 daqiqa o‘qiladi

Gruziyada amerikalik harbiylar ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

Tbilisi yaqinidagi Vaziani harbiy aerodromi va poligonida Gruziya va AQSh qo‘shinlarining hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, o‘quvlarda ikki mamlakatdan jami 600 harbiy xizmatchi ishtirok etadi.

Mashg‘ulotlar 11 may kuni boshlanadi. Undan ko‘zlangan maqsad Gruziya qo‘shinlarining NATO kuchlaridagi ishtirokiga tayyorlik darajasini oshirishdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish