Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:55 / 11.05.2015
1845
1 daqiqa o‘qiladi
Hindistonda jarlikka avtobus qulashi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi
Hindiston shimolidagi Jammu-Kashmir shtati hududidagi tog‘ darasida avtobus halokatga uchradi. Bu yo‘l transport hodisasi natijasida 23 yo‘lovchi halok bo‘lgan va 25 kishi jarohatlangan. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, 48-yo‘nalishdagi bu avtobus Udxampur shahriga ketayotgan bo‘lgan. Politsiya vakilining aytishicha, bu hodisaga harakatlanish uchun noqulay yo‘lda haydovchi nazoratni yo‘qotishi sabab bo‘lgan.
Ayni vaqtda jarohatlanganlar shifoxonaga olib borilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish