Jahon | 13:40 / 11.05.2015
3047
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq Rossiyadan 3 mlrd dollarga qurol sotib olishi mumkin

Iroq Rossiyadan zamonaviy vertolyotlar, zirhli texnika va boshqa qurol-yarog‘ sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu maqsadlarga 3 mlrd dollar mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Sputnik Arabic agentligiga Iroq xavfsizligi bo‘yicha ekspert Hishom al-Hoshimiy ma'lum qilgan.

“Iroq Rossiyadan vertolyotlar, tanklar, zirhli texnika, snayper qurollari, tungi ko‘rish moslamalari sotib olmoqchi”, - deb ta'kidlagan u.
May oyining ikkinchi yarmida Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiy Moskvaga tashrif buyuradi. Qurol-yarog‘ masalasi aynan shu safar chog‘ida ko‘tarilishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish