Jamiyat | 15:38 / 11.05.2015
2204
2 daqiqa o‘qiladi

Nukusda Yaponiya madaniyati kunlari boshlandi

Qoraqalpog‘istonda 11-13 may kunlari ikkinchi marta Yaponiya madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi, Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi va Toshkent Fotosuratlar uyi tomonidan tashkil etilgan tadbir o‘tgan yili bo‘lgani kabi O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Ko‘rgazmalar zalida bo‘lib o‘tadi.

11 may kuni Yaponiyaning an'anaviy san'at turlaridan biri – Sumiega bag‘ishlangan ko‘rgazmaning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada yapon mediativ mo‘yqalam rassomchiligining 50ga yaqin namunalari namoyish etilmoqda.

Ikkinchi bor o‘tkazilayotgan “Qoraqalpog‘istonda Yaponiya madaniyati kunlari”dagi, choy marosimi, ikebana, kirie, origami kabi mahorat oshirish darslari yaponiyalik mutaxassislar va Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi tomonidan tashkil etilgan.

Qoraqalpog‘istonda 2014 yilgi Yaponiya madaniyati kunlari 12-14 may kunlari zo‘r muvaffaqiyat bilan o‘tkazilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish