Sport | 09:12 / 11.05.2015
2143
3 daqiqa o‘qiladi

Oliy Ligada 8-tur o‘yinlaridan keyin "Neftchi" peshqadamga aylandi

9-10 may kunlari O‘zbekiston ichki chempionatida 8-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

9 may kuni 3ta, 10 may kuni esa 5ta o‘yin o‘tkazildi. Turning birinchi kunida "Neftchi" "Dinamo"ni 3:1 hisonida mag‘lub etib, o‘z hisobidagi ochkolari sonini 20taga yetkazdi va birinchi o‘ringa ko‘tarildi. "Nasaf" esa safarda "Navbahor" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab qo‘ygach, 19 ochko bilan ikkinchi o‘ringa joylashgan.

9 may kuni "Mash'al" "Buxoro"ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Turnir debyutanti "Qo‘qon-1912" jamoasi esa "Qizilqum" maydonida navbatdagi mag‘lubiyatli o‘yinini (1:3) o‘tkazdi.

Turning eng kutilmagan natijasi Zominda, "So‘g‘diyona" va "Bunyodkor" jamoalari o‘yinida qayd etildi. Mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozongach, "qaldirg‘ochlar" o‘z tarixida ilk marta Jizzax jamoasiga mag‘lub bo‘lganini tan oldi. Bu mag‘lubiyatdan keyin Sergey Lushchan shogirdlari 7 o‘yinda 12 ochko jamg‘argan holda jadvalning yettinchi o‘rnida qolmoqda.

10 may kuni Toshkentning yana bir jamoasi "Paxtakor" "Bekobod" safaridan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi, "Lokomotiv" esa o‘z maydonida "Andijon"ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

"Sho‘rtan" va "Olmaliq" uchrashuvida esa 3:3 hisobidagi jangavor durang qayd etildi.

9 may

«Neftchi» – «Dinamo»  3:1
Gollar: A. Maxsataliyev (19), D. Rasulov (44), O. Nurbayev (88) – O. Zokirov (79)
 
«Mash'al» – «Buxoro»  2:2. 
Gollar: V. Ivanov (27), Z. Qo‘ziboyev (46) – B. Xaushi (6), D. Ubaydullayev (40).
 
«Qizilqum» – «Qo‘qon-1912» 3:1
Gollar: B. Vahobov (50, 63), V. Shevchenko (60) – N. Otaqo‘ziyev (14).
 
«Navbahor» – «Nasaf»  1:1 
Gollar: M. Mamazulunov (90+2) – M. Karimov (27).
 
«So‘g‘diyona» – «Bunyodkor»  2:1
Gollar: J. Hakimov (53, 65) – Sh. Zuagi (
 
«Metallurg» – «Paxtakor»  1:2
Gollar: M. Toshmatov (90+2) – B. Pardayev (50, 75)
 
«Lokomotiv» – «Andijon»  2:0
Gollar: S. Shoahmetov (40), S. Mustafoyev (73)

«Sho‘rtan» – «Olmaliq»  3:3
Gollar: V. Karpenko (13, 43), S. Berdiyev (84) – Sh. Salomov (11), A. Kashkaval (45+1), D. Ismoilov (90+4).

 
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish