O‘zbekiston | 16:01 / 11.05.2015
3345
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya korxonasi O‘zbekistonga sut mahsulotlari yetkazishni faollashtiradi

2015 yil oxiriga qadar Rossiyaning “Prosto moloko” unitar kompaniyasi O‘zbekistonga o‘z mahsulotlarini yetkazib berishni faollashtiradi. Korxona rasmiylarining ma'lum qilishicha, buning uchun ishlab chiqarish hajmlari ikki martaga oshiriladi.

Kompaniyaning ishlab chiqarish bazalari Tataristonning 7 tumanida joylashgan. Ayni paytda kompaniya O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga o‘z mahsulotlarini yetkazib berish masalasi ustida ishlamoqda.

Riteylerlardan taklif kompaniya mutasaddilariga “Prodekspo” ko‘rgazmasi chog‘ida kelib tushgani ma'lum qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish