Jamiyat | 15:45 / 11.05.2015
14619
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada 5 yoshli bolani zo‘rlagan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Sankt-Peterburg politsiyasi zo‘ravonlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi. “Sankt-Peterburg” gazetasining ma'lum qilishicha, 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 2 oy mobaynida 5 yoshli chechenistonlik bolani zo‘rlagan. 22 may kuni bolakay 6 yoshga to‘ladi.

1 may kuni shahardagi 5-sonli bolalar shifoxonasiga bir ayol o‘z farzandini olib kelgandi. Ushbu bola zo‘ravonlikka uchrashi natijasida sog‘lig‘iga og‘ir zarar yetkazilgani aniqlandi. Politsiya darhol zo‘ravonni qidirishga tushdi.
Jinoyatchi topildi hamda uning 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aniqlandi.

Bundan tashqari, bolaning 31 yoshli onasi ham Chechenistonda daraksiz yo‘qolgan deb hisoblanishi aniqlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish