Jahon | 15:41 / 11.05.2015
1853
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Belarusga 7 mln dollar kredit beradi

XXR Belarusga 7 mln dollar miqdorida kredit ajratadi. Bu haqda Belarus telegraf agentligi iqtisodiyot vaziri Vladimir Zinovskiyga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

“Xitoy bizga ikkita yirik kredit ajratadi: 3 mlrd miqdorida imtiyozli kredit va 4 mlrd dollar – tijorat banklarimiz biznes loyihalarni moliyalashtirishi ajratiladigan tijoriy kredit”, – degan u Belarus-Xitoy mintaqalararo biznes forumida.
Bundan tashqari, Belarus yaqin uch yil uchun 800 mln yuan miqdorida texnik yordam puli oladi. Ular ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish, jumladan, uy-joy qurilishiga yo‘naltiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish