O‘zbekiston | 13:59 / 12.05.2015
2371
2 daqiqa o‘qiladi

2020 yilda O‘zbekiston uglevodorodlar ishlab chiqarishni bir qadar ko‘paytiradi

2020 yilga kelib O‘zbekiston uglevodorodlar ishlab chiqarishni 2014 yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 2 foizga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi e'lon qilgan bayonot orqali ma'lum bo‘ldi.
“2019 yilda uglevodorodlar qazib olish 2014 yilga nisbatan 1.9 foizga, tabiiy gaz ishlab chiqarish esa 2 foizga oshadi”, - deyiladi bayonotda. Aytib o‘tish joizki, bayonot Toshkentda bo‘lib o‘tgan Oil Gas Uzbekistan-2015 xalqaro ko‘rgazmasi chog‘ida ommalashtirildi.
Shu bilan birga, hujjatdan 2014 yildagi ishlab chiqarish hajmlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar o‘rin olmadi.
Xolding kompaniyasi vakillarining ma'lum qilishicha, ayni paytda 2015-2019 yillarda O‘zbekistonda neft va gaz sohasini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilib, mamlakat rahbariyatiga taqdim etilgan. Ushbu dasturning vaqtida amalga oshirilishi ko‘rsatilgan davr ichida shartli yoqilg‘i hajmlarining 468.7 mln tonnaga, shu jumladan tabiiy gazning 365 mlrd kubometrga va suyuq uglevodorodlarning 31.7 mlrd tonnaga oshishiga olib keladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish