Sport | 12:30 / 12.05.2015
1845
1 daqiqa o‘qiladi

David Alaba: «Bavariya» bugun «Barselona»ni 4:0 hisobida yutadi

"Bavariya” klubining avstiriyalik himoyachisi David Alaba “Barselona”ga qarshi kechadigan Chempionlar ligasi yarim finali oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Birinchi o‘yin yirik hisobda ispalarga boy berilganiga qaramasdan (0:3), bu jarohatlangan futbolchi taslim bo‘lgisi kelmayapti.

“Biz 4:0 hisobida yutamiz. Umid qilamanki, Berlinda kechadigan final o‘yiniga qadar jarohatimdan tiklanib, safga qaytaman”, - deydi Alaba.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” – “Barselona” klublari o‘rtasidagi javob o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish